CHIG‘ATOY ULUSINING BOSHQARUV SIYOSATIDA MAHMUD YALAVOCHNING O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.65164/ps67v646Keywords:
Mahmud Yalavoch, Chig‘atoy, O‘qtoyxon, Ma’sudbek, Alibek, Jamol al-Qarshiy, Munkexon, Yorkent.Abstract
Mo‘g‘ullar doimiy ravishda bosib olgan ulkan hududlarni boshqarishda mahalliy aholi vakillarining yordamiga muhtoj bo‘lgan. Mo‘g‘ul hukmdorlarining begona xalq vakillariga tayanishi, avvalo, ularning shahar hayoti, o‘troq jamiyat boshqaruvi, mahalliy urf-odatlar va qonunlarni yetarli darajada bilmaganligi bilan bog‘liq. Shu sababli mo‘g‘ullar davlat boshqaruvida tajribali mahalliy amaldorlarning yordamidan keng foydalanganlar. Ayniqsa, Mahmud Yalavoch va uning avlodlari Markaziy Osiyo hamda qisman Xitoydagi o‘troq hududlarni boshqarishda muhim o‘rin tutgan. Biroq u va avlodining xizmat faoliyati siyosiy nuqtai nazardan biryoqlama baxolanib kelinmoqda. Zero, Mahmud Yalavoch va uning oilasi kamida to‘rt avlod davomida turli mo‘g‘ul hukmdorlariga xizmat qilib, soliq tizimi, moliyaviy boshqaruv va ma’muriy tartiblarni yo‘lga qo‘yishda katta rol o‘ynagan.
References
1. Алоуддин Атомалик Жувайний. Тарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи тарихи)/ Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ.Болтабоев, М.Маҳмудов. – Тошкент: “MUMTOZ SO‘Z”, 2015. – 504 б.
2. Biran M. Qaidu and the rise of the independent Mongol state in Central Asia. – Curzon, 1997. – 198 p.; Biran M. The Chagadaids and Islam: The Conversion of Tarmashirin Khan (1331-34) // Journal of the American Oriental Society. Vol. 122. No. 4. – 2002. – P. 742-752.;
3. Bekmuradov S.T. Muxtorova G.A. Mahmud Yalavoch va uning Movarounnahr tarixida tutgan o‘rni. // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. №12/3 (133). – 2025. – В. 15-19.
4. Бекмурадов С.Т. Мулхакат би-с-Сурах: Махмуд Ялавач // “Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадқиқотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари” // Республика X илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент, 2018. – C. 66-69.
5. De Rachewiltz I. The Secret History of the Mongols (2 vols). – Brill, 2004. – 1347 p. 羅依果(Igor de Rachewiltz)著,李文君譯,〈脫列哥那合敦是窩闊台的. “六皇后” 嗎?〉,《蒙古學信息》,2003:
6. Igor de Rachewiltz. In the service of the khan. Eminent Personalities ofthe Early Mongol-Yuan Period (1200-1300) // With the assistance of May Wang. – Wiesbaden: Harrassowitz, 1993. – 849 p.
7. Muxtorova G.A. O‘rta asr arab va fors manbalarida Mahmud Yalavoch shaxsining yoritilishi // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. Vol. 5, № 5., 2025. – B. 140-145.
8. Sung Lian 宋濂:《元史》第二册 // 《二十四史》. 第21卷. 北京–上海: 中华书局, 1958. 第27404页。
9. 《元史》Yuan Shi,中华书局点校本,1976年,页2715-2716。
10. De Rachewiltz I. The Secret History of the Mongols (2 vols). – Brill, 2004. – 1347 p. 羅依果(Igor de Rachewiltz)著,李文君譯,〈脫列哥那合敦是窩闊台的. “六皇后” 嗎?〉,《蒙古學信息》,2003:
11. Dorugʻa, daruxachi, dorugʻachi (moʻgʻulcha-nazoratchi, shahar boshligʻi). Moʻgʻullar davlatish mahalliy hokimlar huzuridagi ulugʻ qoon vakili, noibi. Dorug‘achi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan: aholini roʻyxatga olish; mahalliy xalqdan qoʻshin toʻplash; pochta aloqalarini yoʻlga qoʻyish; soliqlar yigʻish; toʻplangan soliq-toʻlovlarni ulugʻ qoon saroyiga yetkazish.
12. Yeke Jarguchi –“Buyuk (yuqori) sudya / oliy qozi / bosh huquqiy amaldor”