BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA GUMANISTIK PARADIGMA VA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYLARINI INTEGRATSIYALASHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
DOI:
https://doi.org/10.65164/h7veyg22Ключевые слова:
Gumanistik ta’lim paradigmasi asosan Abraham Maslow va Carl Rogersning ilmiy qarashlariga asoslanib, o‘quvchini ta’lim jarayonining markaziy sub’ekti sifatida ko‘radi. Ushbu yondashuv shaxsning individual xususiyatlari, ehtiyojlari va ichki motivatsiyasini hisobga olgan holda uning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.Аннотация
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar inson qadrini yuksaltirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va barkamol avlodni tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimi ushbu strategik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda muhim ijtimoiy institut sifatida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, boshlang‘ich ta’lim bosqichi shaxs kamoloti, uning ma’naviy, axloqiy va intellektual salohiyati shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy ta’lim nazariyasida gumanistik paradigma shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv sifatida alohida o‘rin tutadi. Ushbu paradigma o‘quvchining individual xususiyatlari, ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda uning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Boshlang‘ich ta’limda gumanistik yondashuvni samarali amalga oshirish esa pedagogik jarayonni zamonaviy texnologiyalar bilan boyitishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, gumanistik paradigma va sun’iy intellekt texnologiyalarining integratsiyasi ta’lim jarayonini yanada samarali, insonparvar va innovatsion yo‘nalishda tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki ularning ijtimoiy, ma’naviy va emotsional rivojlanishini ham ta’minlash imkonini yaratadi.
Mazkur tadqiqotning maqsadi – boshlang‘ich ta’limda gumanistik paradigma asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish hamda ularning ta’lim samaradorligiga ta’sirini baholashdan iborat. Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: gumanistik paradigmaning mohiyatini ochib berish, sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limdagi imkoniyatlarini tahlil qilish, ularning integratsiyasi orqali boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.
Библиографические ссылки
[1] Shavkat Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
[2] Shavkat Mirziyoev. Oliy Majlisga murojaatnoma. – Toshkent, 2020–2024.
[3] John McCarthy. What is Artificial Intelligence? – Stanford University, 2007.
[4] Holmes W., Bialik M., Fadel C. Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications
for Teaching and Learning. – Boston: Center for Curriculum Redesign, 2019.
[5] Luckin R., Holmes W., Griffiths M., Forcier L. Intelligence Unleashed: An Argument for AI in
Education. – London: Pearson Education, 2016.
[6] Zawacki-Richter O., Marín V.I., Bond M., Gouverneur F. Systematic Review of Research on
Artificial Intelligence Applications in Higher Education // International Journal of Educational
Technology in Higher Education. – 2019.