O‘ZBEK TILIDA SON VA SIFAT SO‘Z TURKUMLARINI POS TEGLASH ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.65164/8g08hf86Kalit so‘zlar:
o‘zbek tili, son, sifat, POS-teglash, pedagogik metodika, grammatik tushunish.Abstrak
Ushbu tadqiqotda o‘zbek tili darslarida son va sifatlarni o‘rgatishda POS (Part-
of-Speech) teglashning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi –
o‘quvchilarga son va sifatlarning grammatik xususiyatlarini samarali tushuntirish va ularni matnda
to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash uchun POS-teglash metodikasini ishlab chiqishdir.
Tadqiqot doirasida POS-teglash vositalaridan foydalangan holda matn bazasi tayyorlandi va
o‘quvchilarning grammatik xatolari hamda tushunish darajasi pre-test va post-test usullari orqali
baholandi. Metodologiya avtomatik teglash vositalari bilan qo‘lda tekshirishni integratsiyalashni o‘z
ichiga oladi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, POS-teglash asosida son va sifatlarni o‘rgatish
an’anaviy metodlarga nisbatan samaradorligi yuqoriroq bo‘lib, o‘quvchilarning metalingvistik ongini
rivojlantirish va xatolarni aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Tezisda interaktiv darslar, raqamli mashqlar va xatolar tahlili kabi amaliy tavsiyalar keltiriladi.
Tadqiqot natijalari asosida o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari uchun POS-teglash asosida son va
sifatlarni o‘rgatish bo‘yicha amaliy yo‘riqnoma ishlab chiqilgan.
Havolalar
1. Mansurova, Shaxinabonu. "SON SO ʻZ TURKUMINI GRAMMATIK POS TEGLASHNING
LINGVISTIK MODELLARI." Uzbekistan: Language and Culture 2.2 (2024).
2. Sharipov, Maksud, et al. "UzbekTagger: The rule-based POS tagger for Uzbek ʻlanguage." arXiv preprint
arXiv:2301.12711 (2023).
3. Sharipov, Maksud, et al. "UzbekTagger: The rule-based POS tagger for Uzbek language." arXiv preprint
arXiv:2301.12711 (2023).
4. Bobojonova, L., Axundjanova, A., Ostheimer, PS, & Fellenz, S. (2025, yanvar). BBPOS: Oʻzbek tili
uchun BERT asosidagi nutq qismlarini teglash. Kam manbali tillar uchun til modellari boʻyicha birinchi
seminar materiallarida ( 287-293-betlar).
5. SON SOʻZ TURKUMINI OʻQITISHGA DOIR METODIK TAVSIYALAR. (2025). Modern Education
and Development, 27(3), 59-63.
6. Eshankulova Shohista Xayitmuratovna “ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARI MAVZUNI
O`QITISHDA ZAMONAVIY O`QITISH METODLARIDAN FOYDALANISH”