RADIOLKATSION TIZIMLARDA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISHNI OPTIMALLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT VA KIBERXAVFSIZLIK INTEGRATSIYASI
DOI:
https://doi.org/10.65164/se6zt368Kalit so‘zlar:
radiolokatsion tizim, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, prognozli texnik xizmat, diagnostika, optimallashtirish, axborot xavfsizligiAbstrak
Ushbu tezisda radiolokatsion tizimlarda texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash hamda kiberxavfsizlik choralarini integratsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Radiolokatsion tizimlarning murakkabligi va uzluksiz ishlash zarurati ularni samarali boshqarish va xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini talab etadi. Sun’iy intellekt asosida prognozli texnik xizmatni tashkil etish orqali nosozliklarni oldindan aniqlash va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish mumkinligi asoslab beriladi. Shu bilan birga, tarmoqqa ulangan radiolokatsion tizimlarda yuzaga keladigan kiberxavflar va ularni aniqlash hamda bartaraf etishda intellektual yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi.