RAQAMLI IQTISOD SHAROITIDA YOSHLAR IQTISODIY MADANIYATI: MILLIY QADRIYATLAR NUQTAYI NAZARIDAN

Авторы

  • Jaloliddin Yuldashev Ташкентский Университет Прикладных Наук image/svg+xml Автор

DOI:

https://doi.org/10.65164/bvqwmf45

Ключевые слова:

Globallashuv, transformatsiya, raqamli iqtisodiyot, innovatsion rivojlanish, milliy qadiriyatlar, madaniy indentitet

Аннотация

Ushbu maqolada raqamli iqtisod sharoitida yoshlarning iqtisodiy madaniyati shakllanish jarayoni va ushbu jarayonning milliy qadriyatlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, elektron tijorat, onlayn xizmatlar, raqamli mehnat bozori hamda moliyaviy texnologiyalarning keng joriy etilishi yoshlarning iqtisodiy ongi, iqtisodiy tafakkuri, iste’mol madaniyati va iqtisodiy xulq-atvorida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu jarayonlar yoshlar orasida iqtisodiy faollikni oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish ва moliyaviy savodxonlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani bilan birga, ayrim hollarda iste’molchilik kayfiyatining kuchayishi, an’anaviy qadriyatlarning zaiflashuvi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Yoshlarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi, ijtimoiy muhit, ommaviy axborot vositalarining ahamiyati o‘rganildi, raqamli makonda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashning muhim omillari ochib berildi. Shuningdek, raqamli iqtisodning yoshlar iqtisodiy madaniyatiga ijobiy va salbiy ta’sir jihatlari qiyosiy tahlil qilinib, milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan baholanadi. Shuningdek yoshlar orasida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishda raqamli imkoniyatlardan oqilona va maqsadli foydalanish, iqtisodiy faoliyatda ma’naviy mas’uliyatni oshirish hamda milliy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan ilmiy xulosalar chiqiladi.

Библиографические ссылки

1. Abdurahmonov Q. Globallashuv va uning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri. – Toshkent: Fan, 2019. – 220 b.

2. G‘ofurov R. Yoshlar iqtisodiy tafakkuri: shakllanish mexanizmlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2021. – 154 b.

330

3. To‘laganov N. Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning ijtimoiy ongi. // Ilmiy axborot jurnali. – 2022. – №3. – B. 45–52.

4. Bauman Z. Globalizatsiya: ijtimoiy oqibatlar. – Moskva: Ves Mir, 2004. – 198 s.

5. Castells M. The Rise of Network Society. – Oxford: Blackwell, 2010. – 597 p.

6. Inglehart R., Welzel C. Modernization, Cultural Change and Democracy. – Cambridge: Cambridge University Press, 2005. – 333 p.

7. Robertson R. Globalization: Social Theory and Global Culture. – London: Sage, 1992. – 240 p.

8. Qodirova M. Yoshlarning ma’naviy qadriyatlari va ularning o‘zgarish dinamikasi. // Pedagogika jurnali. – 2023. – №2. – B. 60–66.

9. UNESCO. Youth and Globalization. – Paris: UNESCO Publishing, 2020.

10. URL: https://unesco.org/youth-globalization (Murojaat sanasi: 2024-yil 12-noyabr

Опубликован

2025-12-29