TALABA QIZLARGA HUQUQIY BILIM BERISH ORQALI ZO‘RAVONLIKKA QARSHI IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.65164/3m06qv84Ключевые слова:
huquqiy bilim, talaba qizlar, zo‘ravonlikka qarshi immunitet, huquqiy savodxonlik, ijtimoiy himoya, profilaktika.Аннотация
Mazkur maqolada talaba qizlarga huquqiy bilim berish orqali zo‘ravonlikka
qarshi ijtimoiy-huquqiy immunitetni shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Muallif huquqiy
savodxonlikning qizlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, o‘z huquq va erkinliklarini anglash
hamda zo‘ravonlikning turli shakllarini o‘z vaqtida tanib olishdagi ahamiyati ochib beriladi.
Shuningdek, huquqiy bilimlarning talaba qizlarda mustaqil fikrlash, xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror
qabul qilish va o‘zini himoya qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
Maqolada ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiya va profilaktik ishlarni kuchaytirish zo‘ravonlikka
qarshi barqaror immunitetni shakllantirishning muhim omili ekanligi ta’kidlanadi. talaba qizlarning
jamiyatdagi faolligini oshirish, o‘z haq-huquqlarini erkin talab qila oladigan, ijtimoiy hayotda
mustaqil pozitsiyaga ega bo‘lgan shaxs sifatida shakllanishiga yordam berishini ko‘rsatadi. Shu bilan
birga, huquqiy bilim va huquqiy madaniyatning yuksalishi ijtimoiy adolatni ta’minlash, oilaviy va
ijtimoiy munosabatlarda sog‘lom muhitni shakllantirish, gender tengligini mustahkamlash hamda
zo‘ravonlik holatlarini kamaytirishga xizmat qilishi bilan mazkur mavzuning ilmiy va amaliy
ahamiyati asoslanadi. Talaba qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash
va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2023.
2. “Tizimli tahlil yo‘q” - O‘zbekiston ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka qarshi qanday
kurashmoqda?
3. Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.03.2022 yildagi PF-
87-son
4. O‘zbekiston Respublikasi “Gender tenglikni ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun, 2019.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/-111453
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini
mustahkamlash strategiyasi” to‘g‘risidagi qarori. — Toshkent, 2021.
7. Karimova Sh. Ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy asoslari. - Toshkent, 2021.
8. Abdullayeva N. Gender madaniyati va ayollar huquqi”. - Toshkent: Universitet, 2020.
9. Oliy ta’lim vazirligi. “Talaba qizlar uchun huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha metodik
qo‘llanma”, 2023.